Zamonaviy kuzatuv tizimlarida virtual chegaralarning CCTV kameralari bilan o‘zaro integratsiyalashuvi belgilangan hududlarda kuzatuvni ta’minlash va virtual belgilangan chegaralarning ichki qismida anomal obyektlarni aniqlash imkonini beradi. Ushbu tezisda virtual chegaralar bilan CCTV kuzatuv tizimlari yordamida ob'ektni aniqlash usullarining samaradorligi va afzalliklari keltirilgan. Tezisda virtual chegaralarning chegaralangan hududlarni belgilash va obyektlarni aniqlash, shuningdek, CCTV tasvirlarida anomal obyektlarni aniqlash bilan bog‘liq muammolarga yechimlar ko‘rib chiqilgan. Tezisda ilg‘or metodologiyalarni, xususan, chuqur o‘rganishga asoslangan modellarni qo’llash orqali obyektni aniqlash algoritmlarini aniqligini oshirish va ushbu modellarni virtual chegaralar bilan integratsiya qilish samarali yechim sifatida taqdim etilgan.